Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar boʻyicha sud amaliyoti haqida 8-band. Sudlarga tushuntirilsinki, xodim mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligi yoki mehnat…

Sudlarga tushuntirilsinki, xodim mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetishi sababli vafot etgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 327-moddasida belgilangan, yetkazilgan ziyonni talab qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasini kengaytirib sharhlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni qoplashga boʻlgan huquq, xotin(er)ning yangidan nikoh tuzgan holatlarida ham saqlanib qoladi. Chunki, qonunda bunday holatlarda ushbu shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati bekor boʻlishi nazarda tutilmagan. Vafot etganning voyaga yetmagan bolalari boshqa shaxs tomonidan farzandlikka olinganda ham ularning zarar qoplanishini talab qilish huquqi saqlanib qoladi. (Oila kodeksining 166-moddasi ).