Xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi munosabati bilan zarar: mehnat jarohati tufayli mehnatga layoqatsizlik darajasiga qarab ish haqi (yoki uning tegishli qismi) miqdorida jabrlanuvchiga pul toʻlanishi; salomatlikning yomonlashuvi bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar; bir yoʻla beriladigan nafaqadan iborat.