Agar shaxs nomusga tegish vaqtida birin-ketin bir necha marta (masalan, kun davomida) jinsiy aloqa qilgan yoki jinsiy ehtiyojini gʻayritabiiy usulda qondirgan boʻlsa va ish holatlari aybdorda muayyan bir shaxsga nisbatan mazkur aynan oʻxshash harakatlarni sodir etishga nisbatan yagona qasd mavjudligidan dalolat bersa, qilmish JK 118-moddasi yoki 119-moddasining tegishli qismi boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim boʻlgan bitta davomli jinoyat sifatida koʻrilishi lozim. Shunga oʻxshash harakatlar muayyan bir shaxsga nisbatan turli vaqtlarda (masalan, turli kunlarda) yoki bir necha shaxsga nisbatan sodir etilganda takroran jinoyat belgisi mavjud boʻladi (JK 32-moddasi ). Mazkur qoidalar JK 128-moddasi koʻrsatilgan jinoyatni sodir qilgan shaxslarning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda ham qoʻllaniladi. Ikki va undan ortiq marta nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyoj gʻayritabiiy usulda qondirish sodir etilgan boʻlib, buning uchun Jinoyat kodeksining 118-moddasi yoki 119-moddasining turli qismlarida jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan boʻlsa, shuningdek bir holda bunday jinoyatlarga suiqasd yoki ularda ishtirokchilik, boshqa holda esa, tugatilgan jinoyat sodir etilgan boʻlsa, aybdorning harakatlari mazkur jinoyatlarning har biri boʻyicha mustaqil kvalifikatsiya qilinishi lozim.