Sudlar kvalifikatsiya belgilari mavjud boʻlmagan holda sodir etilgan nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir (JK 118-moddasi birinchi qismi yoki 119-moddasi birinchi qismi ) jinoyat ishlarini qoʻzgʻatishning oʻziga xos protsessual xususiyatlarini inobatga olib, bunday ishlarni qoʻzgʻatish tartibiga rioya etilishiga nisbatan talabchanlikni oshirishlari lozim. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, jabrlanuvchining yozma shikoyati boʻlmagan hollarda mazkur toifaga doir ishlarni qoʻzgʻatish uchun, faqat, jabrlanuvchining JPK 324-moddasida nazarda tutilgan tartibda bayonnomaga kiritilgan ogʻzaki shikoyati asos sifatida olinishi mumkin. Kvalifikatsiya belgilari mavjud holda nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish jinoyati uchun ayblanayotgan sudlanuvchining harakatlarini JK 118-moddasining birinchi qismi yoki 119-moddasining birinchi qismiga qayta kvalifikatsiya qilingan hollarda, agar ishda jabrlanuvchining yozma shikoyati boʻlmasa yoki jabrlanuvchi sud majlisida bunday shikoyat berishdan bosh tortsa, sud jinoyat ishini JPK 84-moddasi birinchi qismi 6-bandiga asosan tugatadi. 17¹. Sudlar mazkur toifadagi ishlar boʻyicha jazo tayinlashda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1-sonli qarorda berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim. Sudlar voyaga yetmagan shaxsning jinsiy erkinligi yoki jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyat sodir etgan muayyan sohada ishlovchilarga (pedagog, shifokor va h.k.) nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini tayinlash masalasini muhokama qilishlari shart. 17². Voyaga yetmagan shaxsning jinsiy erkinligi yoki jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyat sodir etganlarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash masalasini hal etish uchun bu toifadagi jinoyat ishlari boʻyicha sud-psixiatrik ekspertizasi oʻtkazilishi lozim. JK 96-moddasiga muvofiq, aqli rasolikni istisno etm