Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 4-band. Tahdid etish deganda jabrlanuvchining qarshiligini yengish maqsadida uni jismoniy zoʻrlik…

Tahdid etish deganda jabrlanuvchining qarshiligini yengish maqsadida uni jismoniy zoʻrlik ishlatish niyati aniqligini ifodalovchi harakatlar yoki soʻzlar bilan qoʻrqitish tushunilishi lozim. Tahdid etish, jumladan oʻldirish bilan tahdid etish nomusga tegish, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish paytida jabrlanuvchining qarshiligini yengish usullaridan biri ekanligi sababli, aybdorning harakatlari JK 112-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinmaydi.