Odam savdosiga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 12-band. Taʼkidlash lozimki, Jinoyat kodeksining 135-moddasi uchinchi qismi “b” bandi boʻyicha…

Taʼkidlash lozimki, Jinoyat kodeksining 135-moddasi uchinchi qismi “b” bandi boʻyicha jinoiy javobgarlik, faqat odam savdosida obyekt sifatida ishtirok etgan shaxs oʻlimi yoki boshqa ogʻir oqibatlar ehtiyotsizlik oqibatida yetkazilgan taqdirdagina kelib chiqadi. Boshqa ogʻir oqibatlar sifatida, jumladan, jabrlanuvchining oʻzini oʻzi oʻldirishi, unga tanosil yoki OITS kasali yuqtirilganligi, ruhiy holati buzilishi va h.k. tan olinishi mumkin.