Odam savdosiga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 13-band. Qonun mazmuniga koʻra, aldash yoʻli bilan sodir etilgan olish-sotish, shuningdek, odamni…

Qonun mazmuniga koʻra, aldash yoʻli bilan sodir etilgan olish-sotish, shuningdek, odamni ekspluatatsiya qilish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish tariqasidagi odam savdosi Jinoyat kodeksining 135-moddasi dispozitsiyasi bilan qamrab olinadi va Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi, JK 168-moddasi toʻrtinchi qismi “a” bandi bundan mustasno.