davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 3-band. Jinoyat kodeksi 223-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasiga koʻra, mazkur jinoyat…

Jinoyat kodeksi 223-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasiga koʻra, mazkur jinoyat qonunga xilof ravishda chet elga chiqish, qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoki qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtishda ifodalangan bir yoki bir necha harakatlar koʻrinishida sodir etilishi mumkin. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish, qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga kirish deganda, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining belgilangan oʻtkazish punktlari orqali (Qonunning 40-moddasi ), biroq belgilangan hujjatlarsiz yoki Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomasiz kesib oʻtilishi tushunilishi lozim. Qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtish deganda, jumladan, haqiqiy hujjatlar va kirish-chiqishga ruxsatnoma bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, uning belgilangan oʻtkazish punktlaridan tashqari joydan kesib oʻtilishi tushunilishi lozim.