Shartnomaviy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni koʻrishga tayyorlashda, neustoyka, zararni aniqlash va qoʻllash, shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini qoʻllashda sudlar Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlikni belgilovchi fuqarolik qonun hujjatlarni qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 163-sonli qarori talablariga ham amal qilishlari lozim.