Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 1-band. Jabrlanuvchining yoki boshqalarning yoʻqligida yoki ular bor boʻlsada, ularga…

Jabrlanuvchining yoki boshqalarning yoʻqligida yoki ular bor boʻlsada, ularga bildirmasdan oʻzganing mol-mulkini yashirin talon-toroj qilish oʻgʻrilik hisoblanadi. Bordiyu jabrlanuvchi yoki boshqalar mol-mulkining olinayotganligini koʻrgan boʻlsada, lekin aybdor bildirmasdan harakat qilyapman deb oʻylagan boʻlsa, bunday qilmishni ham oʻgʻrilik deb tavsiflash lozim.