Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 7-band. JK 103-moddasida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilishi oqibatida qandaydir sabablarga…

JK 103-moddasida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilishi oqibatida qandaydir sabablarga koʻra inson oʻlimi kelib chiqmagan hollarda aybdorning harakatini JK 25-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi, chunki JK 103-moddasi nafaqat oʻzini oʻzi oʻldirish, balki, oʻzini oʻzi oʻldirishga suiqasd qilish darajasiga yetkazish uchun ham javobgarlikni nazarda tutadi. JK 103-1-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan ham JK 25-moddasini qoʻllash talab etilmaydi, chunki mazkur jinoyat shaxs oʻzini oʻzi oʻldirishga undalgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.