Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 1-band. Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb…

Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) 210-moddasining subyekti davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxsi hisoblanadi. Pora beruvchining manfaati uchun tegishli harakatlarni bajarish vakolatiga ega boʻlmasada, lekin oʻzining egallab turgan lavozimi mavqeyiga koʻra pora uchun ushbu harakatlar boshqa mansabdor shaxs tomonidan bajarilishi uchun chora koʻrish mumkin boʻlgan mansabdor shaxslar ham ushbu jinoyatning subyekti deb topilishi lozim.