Jinoyatni tavsiflash pora miqdoriga bogʻliqligini eʼtiborga olgan holda, har qanday pora predmetining qiymati tovarlarning narxi, xizmatlarning haqi yoki tarifi asosida, ular boʻlmaganda ekspertlar xulosasi asosida aniqlanadi. Agarda koʻp yoki juda koʻp miqdorda noqonuniy taqdirlash boʻlib-boʻlib olingan boʻlsa va bu harakatlar yagona davomli jinoyatning bir qismi boʻlsa, sodir etilgan harakatlar tegishlicha koʻp yoki juda koʻp miqdorda pora olish deb baholanishi lozim.