Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 15-band. Agar aybdor pora beruvchidan mansabdor shaxsga berish uchun deb pora tariqasida pul yoki…

Agar aybdor pora beruvchidan mansabdor shaxsga berish uchun deb pora tariqasida pul yoki boshqa boyliklarni olganida va bunday qilmishni xohlamasdan, ularni oʻzlashtirib yuborganda, qilmish firibgarlik deb tavsiflanishi lozim. Boyliklarni qoʻlga kiritish maqsadida pora beruvchi ular tomonidan pora berishga ogʻdirilgan taqdirda aybdorning harakatlari firibgarlikdan tashqari pora berishga qiziqtiruvchi tariqasida qoʻshimcha tavsiflanishi kerak. Pora beruvchining harakati bunday hollarda pora berishga suiqasd deb tavsiflanishi lozim boʻladi. Bu oʻrinda pora berilishi moʻljallangan muayyan mansabdor shaxs aytilgan-aytilmaganligining ahamiyati boʻlmaydi.