Pora beruvchilarni porada tovlamachilik yoki pora berganlik toʻgʻrisida oʻttiz sutka mobaynida ixtiyoriy ariza berish asoslariga koʻra jinoiy javobgarlikdan ozod etish bu shaxslarning harakatlarida jinoyat tarkibi yoʻqligini bildirmaydi (JKning 211 , 212-moddalariga izoh). Shu sababli ular jabrlanuvchi deb topilmaydi va pora tariqasida berilgan boyliklarni qaytarib olishni talab qilishga haqli emaslar. Pora berganlik toʻgʻrisida ixtiyoriy ravishda xabar berganlik bir vaqtning oʻzida mansabdor shaxs tomonidan pora olingani haqida ham xabar hisoblanadi, shu sababli sudlar JKning 237-moddasiga binoan yolgʻon xabar berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida arizachiga tushuntirilgan-tushuntirilmaganligiga eʼtibor berishlari zarur. Agar yolgʻon ariza berganlik holati aniqlansa, sud arizachini qonuniy javobgarlikka tortish chorasini koʻrishi kerak.