Agar jabrlanuvchi pora talab qilinganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan boʻlib, tezkor tadbir davomida jabrlanuvchining mulkidan pora predmeti tariqasida foydalanilgan boʻlsa, ushbu mulk Jinoyat-protsessual kodeksi 211-moddasining 4-bandiga asosan jabrlanuvchiga qaytarilishi lozim, boshqa holatlarda pora predmeti sud hukmi bilan davlat egaligiga oʻtkaziladi.