Boshqa jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida qasddan odam oʻldirish jinoyati JK 97-moddasi ikkinchi qismining “o” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Qasddan odam oʻldirish jinoyati JK 97-moddasi ikkinchi qismining “o” bandi bilan kvalifikatsiya qilinganda, aybdorning harakatlarini mazkur modda ikkinchi qismining boshqa maqsad va sabablarni nazarda tutuvchi yana biron bir bandi bilan kvalifikatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Masalan, agar jabrlanuvchi taʼmagirlik niyatida yoki bezorilik oqibatida oʻldirilganligi aniqlansa, qilmish ayni bir vaqtning oʻzida JK 97-moddasi ikkinchi qismining “o” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas.