Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 26-band. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxs tomonidan jazoni ijro etish…

Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxs tomonidan jazoni ijro etish muassasasi xodimini, shuningdek, mahbusni uning axloqan tuzalishiga toʻsqinlik qilish yoxud jamoat vazifasini bajarganligi uchun oʻch olish maqsadida qasddan oʻldirish JK 97-moddasining tegishli qismidan tashqari, Jinoyat kodeksining ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 220-moddasi boʻyicha ham kvalifikatsiya qilinishi lozim.