Sudlarning eʼtibori oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash, ularga qonunga xilof ravishda egalik qilish, shuningdek, oʻqotar qurol yoki oʻq-dorilarni beparvolik bilan saqlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarga qaratilsin va bu jinoyatlar jamiyat xavfsizligiga, fuqarolarning erkinligi, hayoti va sogʻligʻiga jiddiy tahdid solishi koʻrsatib oʻtilsin.