Shaxs Jinoyat kodeksi 248-moddasida qayd etilgan ashyolarni erkin tarzda oʻz ixtiyori bilan topshirish toʻgʻrisida qarorga kelsa va uning oʻzi bu ashyolarni topshirish haqida tegishli organlarga yozma yoki ogʻzaki ravishda murojaat qilsa, u ashyolarni oʻz ixtiyori bilan topshirgan hisoblanadi. Shaxs tintuv jarayonida yoki unda qurol borligi haqida dalillar keltirilishi natijasida qurolni topshirish toʻgʻrisidagi xulosaga kelsa, u qurolni oʻz ixtiyori bilan topshirgan hisoblanmaydi.