Oʻqotar qurol, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash deganda, ularni gʻayriqonuniy ravishda har qanday usulda (oʻgʻirlik, firibgarlik, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish, mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish, talonchilik, tovlamachilik, bosqinchilik yoʻli bilan) qoʻlga kiritish tushunilishi lozim. Oʻqotar qurol, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda har qanday usulda egallash, aybdorning ulardan oʻz xohishi boʻyicha foydalanish yoki tasarruf etish imkoniyatlari bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, ular olingan vaqtdan boshlab tugallangan jinoyat hisoblanishi kerak.