Jinoyat kodeksining 247-moddasiga muvofiq oʻqotar qurol, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini egallaganlik uchun javobgarlik ular qonunga xilof ravishda korxona, tashkilot, muassasalardan, shuningdek, qonuniy yoki qonunsiz tarzda egallab turgan fuqarolardan olingan hollarda ham yuzaga keladi. Oʻqotar qurol, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini oʻgʻirlik, firibgarlik, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish, mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish, talonchilik, tovlamachilik, bosqinchilik yoʻli bilan qonunga xilof ravishda egallash Jinoyat kodeksining 247-moddasi va tegishli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan, faqat bu moddalar (modda qismlari) sanksiyasi Jinoyat kodeksining 247-moddasidagidan ogʻirroq jazoni koʻzda tutgan hollardagina kvalifikatsiya qilinishi lozim (masalan, Jinoyat kodeksi 247-moddasi uchinchi qismining “v” bandi va 164-moddasi 4-qismining “v” bandi bilan). Oʻqotar qurol, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda oʻtkazilgan hollarda aybdor Jinoyat kodeksining 246 va 248-moddalari majmui boʻyicha javobgar qilinishi shart.