Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 15-band. Shuni nazarda tutish lozimki, IPK 333-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq sud hujjati…

Shuni nazarda tutish lozimki, IPK 333-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq sud hujjati yangi ochilgan holatlar boʻyicha bekor qilingan taqdirda, ilgari oʻzi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning oʻzi ishni IPKda belgilangan umumiy tartibda koʻradi. Bunday holatda ishni koʻrishda IPKning tegishlicha birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudida ish yuritishni tartibga soladigan qoidalari qoʻllaniladi. Yangi ochilgan holat boʻyicha sud hujjati bekor qilingan taqdirda, iqtisodiy sud, imkoniyat mavjud boʻlganda hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqlarini qatʼiy taʼminlagan, yaʼni ularni sud majlisi vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilgan holda, dastlabki sud qarorini bekor qilish haqida ajrim chiqarilgandan soʻng bevosita shu sud majlisida ishni mazmunan koʻrib chiqishga haqlidir.