IPKning 324-moddasida koʻrsatilganidek, sudning hujjati yangi ochilgan holatlar boʻyicha faqat u qonuniy kuchga kirganidan keyingina qayta koʻrilishi mumkin. Bu qoida darhol ijro etiladigan sud hujjatlariga ham taalluqlidir. Qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqida ariza bilan murojaat etilganda, arizani qabul qilish IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ariza boʻyicha ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng shunday ariza bilan qaytadan murojaat etish, arizani umumiy tartibda koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.