Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 15-band. JPK 307-moddasiga koʻra, mulkiy ziyonning miqdori hisoblab chiqarilganidan keyin bu…

JPK 307-moddasiga koʻra, mulkiy ziyonning miqdori hisoblab chiqarilganidan keyin bu ziyonni qoplash uchun pul toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisida sud ajrim, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi. Ajrim yoki qarorning nusxasi gerbli muhr yoki elektron imzo bilan tasdiqlanib, toʻlovni amalga oshirishi lozim boʻlgan organlarga taqdim etish uchun reabilitatsiya etilgan shaxsga, u vafot etgan boʻlsa, JPKning 304-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga beriladi va ijro qilish uchun tegishli organga yuboriladi.