Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 17-band. JPK 309-moddasiga koʻra, shaxs ushlab turilganligi, qamalganligi yoki uy qamogʻida…

JPK 309-moddasiga koʻra, shaxs ushlab turilganligi, qamalganligi yoki uy qamogʻida turganligi, lavozimidan chetlashtirilganligi, tibbiy muassasaga joylashtirilganligi yoki hukm qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar matbuotda eʼlon qilingan, radio, televideniye yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan boʻlsa, reabilitatsiya etilgan shaxsning, u vafot etgan boʻlsa, qarindoshlarining, sud, prokuror, tergovchining va surishtiruvchining talabiga koʻra tegishli ommaviy axborot vositalari uning reabilitatsiya etilganligi toʻgʻrisida bir oy ichida xabar berishlari shart.