Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 4-band. Jinoyat ishi shaxsni javobgarlikka tortish muddati oʻtgan

Jinoyat ishi shaxsni javobgarlikka tortish muddati oʻtgan; eʼlon qilingan amnistiya akti jinoyatga yoki shaxsga daxldor; ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan; ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qoʻzgʻatiladigan hollarda uning shikoyati boʻlmagan; shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan; Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida shaxsning oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi tufayli yoxud belgilangan muddat ichida yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanganligi va (yoki) jinoyat oqibatlari bartaraf etilganligi asoslarida tugatilgan; shuningdek shaxs jinoyat qonunchiligi boʻyicha qilmishni jinoiyligini bekor qiladigan (dekriminalizatsiya) yoki yengillashtiradigan (liberalizatsiya) qonun qabul qilinishi natijasida reabilitatsiya etilgan hollarda jinoyat ishi qoʻzgʻatish va boshqa qarorlarni asossiz yoki qonunga xilof deb topish uchun asos boʻlmasligi sababli shaxs reabilitatsiya asoslariga koʻra huquqlarini tiklashni talab qilishga haqli boʻlmaydi.