Respublika sudlari tomonidan ommaviy tartibsizliklar uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarni qoʻllash amaliyoti bilan bogʻliq ayrim masalalar toʻgʻrisida 2-band. Tushuntirilsinki, sudlar jinoiy va maʼmuriy ishlarni koʻrish vaqtida, amaldagi davlat…

Tushuntirilsinki, sudlar jinoiy va maʼmuriy ishlarni koʻrish vaqtida, amaldagi davlat tuzumini konstitutsiyaga xilof tarzda oʻzgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qoʻyilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq daʼvat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish faktlari aniqlansa, jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qilishlari lozim.