JPK 51 va 571-moddalariga koʻra, aqli noraso holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan, shuningdek jinoyat sodir etilganidan keyin ruhiy holati buzilganligi aniqlangan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash toʻgʻrisida qaror chiqarilgan paytdan boshlab himoyachining ishtiroki majburiy hisoblanadi. Bunday toifadagi ishlar boʻyicha himoyachi ishtirokining majburiyligi toʻgʻrisidagi protsessual qonun talablariga rioya etmaslik, JPK 488-moddasiga muvofiq, jinoyat-protsessual qonunining jiddiy tarzda buzilishi sifatida baholanadi.