Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 24-band. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini bekor qilish yoki oʻzgartirish masalasi hal…

Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini bekor qilish yoki oʻzgartirish masalasi hal qilinayotganda, sudlar tibbiyot muassasasi maʼmuriyati taqdimnomasi yoki qoʻzgʻatilgan iltimosnoma asoslantirilganligini sinchkovlik bilan tekshirishlari shart. Buning uchun sudlar amalga oshirilgan davolash natijalarini va tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari bekor qilingandan soʻng bu shaxs uchun yaratiladigan shart-sharoitni, shuningdek kelgusida tibbiy kuzatuv va davolashga zarurat bor-yoʻqligini aniqlashlari kerak. Bunday maqsadlarda sud majlisiga tibbiyot muassasalari vakillarini, shaxsning qonuniy vakillari yoki yaqin qarindoshlarini chaqirish zarur.