Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 4-band. Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmagan holda amalga oshirib, ancha…

Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmagan holda amalga oshirib, ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olish Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 176-moddasining ikkinchi qismi , xuddi shunday huquqbuzarlikni qoʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 176-moddasi uchinchi qismi bilan maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Oʻsha harakatlar, juda koʻp miqdorda sodir etilsa, Jinoyat kodeksi 188-moddasi bilan jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiradi. Yuridik shaxslar va fuqarolarga tovarlarni yoki boshqa ashyolarni olishda yoki sotishda, tomonlar oʻrtasida bitimlar tuzishda, shuningdek, boshqa vositachilik harakatlarini amalga oshirishda koʻmaklashuvchi shaxslarning roʻyxatdan oʻtishdan boʻyin tovlagan xolda sodir etadigan harakatlari ham Jinoyat kodeksining mazkur moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmogʻi lozim. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati (mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish) natijasida olingan nazorat qilinmaydigan daromad miqdorini aniqlashda, mazkur faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq chiqimlar chegirib tashlangan holda hisobga olingan tushum summasidan kelib chiqish lozim.