Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 5-band. Tushuntirilsinki, amaldagi qonunchilikka muvofiq faoliyatning ayrim turlari bilan…

Tushuntirilsinki, amaldagi qonunchilikka muvofiq faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadi. Bunday ruxsatnomaning yoʻqligi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 165 , 176³-moddalari bilan maʼmuriy javobgarlik kelib chiqishiga sabab boʻladi. Agar bunday faoliyat bilan shugʻullanish juda koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa, aybdorning harakatlari Jinoyat kodeksi 190-moddasi beshinchi qismi yoki Jinoyat kodeksi 190-moddasi oltinchi qismining “ a ”, “b” bandlari bilan kvalifikatsiya qilinadi. Shaxs amaldagi qonunchilikka muvofiq shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadigan tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan juda koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirganda, uning harakatlari Jinoyat kodeksi 188-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim boʻlib, Jinoyat kodeksi 190-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.