Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida 1-band. Sudlarning eʼtibori shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish…

Sudlarning eʼtibori shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish hamda shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi arizalarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilish fuqaroni malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi kafolatlaridan biri ekanligiga qaratilsin.