Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida 4-band. Oʻzbekiston Respublikasi FKning 112-moddasiga muvofiq bitimning qisman yoki toʻliq…

Oʻzbekiston Respublikasi FKning 112-moddasiga muvofiq bitimning qisman yoki toʻliq bajarilganligi haqidagi yozma dalillar mavjud boʻlganda yoxud javobgar tomonidan bitim tuzilganligi tan olinganda sudlar har qanday bitimlarni emas, faqatgina qonunda notarial tasdiqlanishi yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi talab qilinadigan bitimlarni haqiqiy deb topishlari mumkinligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.