Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 20-band. Yuridik shaxsning qarzlari boʻyicha, shu jumladan uning mol-mulki ijro hujjatidagi…

Yuridik shaxsning qarzlari boʻyicha, shu jumladan uning mol-mulki ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli boʻlmaganda, undiruv sud hujjati asosida, qonunda belgilangan shartlarda va tartibda, ushbu yuridik shaxs mulkdorlari, muassislari va aʼzolari (ishtirokchilari)ning pul mablagʻlariga hamda boshqa mol-mulkiga qaratilishi mumkin: Bunda, qarzdor boshqa shaxslar bilan umumiy mulk huquqi asosida tegishli mol-mulkka ega boʻlsa, undiruv uning qonunga muvofiq aniqlanadigan ulushiga qaratiladi.