Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 22-band. Qonunning 81-moddasiga muvofiq ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit…

Qonunning 81-moddasiga muvofiq ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkiloti pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga iqtisodiy sud tomonidan undirilishi lozim boʻlgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima solinadi. Bank yoki boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan jarima qoʻllash haqida iqtisodiy sudga berilgan ariza sud tomonidan IPKda belgilangan umumiy qoidalar boʻyicha, ushbu Kodeksning 27-bobida belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda koʻrilishi lozim. Bunday ariza davlat ijrochisi tomonidan ham, undiruvchi (tadbirkorlik subyekti) tomonidan ham berilishi mumkin.