Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 7-band. FPKning 453-moddasi va IPKning 340-moddasida ijro varaqasini ijroga topshirishning…

FPKning 453-moddasi va IPKning 340-moddasida ijro varaqasini ijroga topshirishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash tartibi belgilangan. Muddatning oʻtkazib yuborilganligi sud tomonidan uzrli deb topilsa, u tiklanishi mumkin. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi. Arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha iqtisodiy sudning ajrimi ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi, fuqarolik ishlari boʻyicha sudining oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad qilinganligi haqidagi ajrimi ustidan esa xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.