Sudlarga tushuntirilsinki, sudlanganlik shaxsning, unga sud hukmi bilan jazo qoʻllanilishidan kelib chiqadigan huquqiy holati boʻlib, mazkur shaxsga nisbatan jinoyat-huquqiy va umumhuquqiy xususiyatga ega muayyan salbiy oqibatlar kelib chiqishida namoyon boʻladi. Jinoyat kodeksining (bundan buyon matnda — JK) 77-moddasiga muvofiq, sudlanganlik holati jazo tayinlangan sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, u tugallangan yoki olib tashlangan paytgacha davom etadi.