Er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi daʼvo arizasi yuzasidan davlat boji qonunda belgilangan miqdorda daʼvogar talab qilayotgan mol-mulk qiymatidan kelib chiqqan holda toʻlanadi. Sud mazkur toifadagi ishlar boʻyicha davlat bojini taqsimlashda taraflarga berilgan mol-mulk yoki uning ulushi qiymatidan kelib chiqishi lozim.