Sudlar tomonidan er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 5-band. Er va xotinning nikohga qadar oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulki, ulardan har birining…

Er va xotinning nikohga qadar oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulki, ulardan har birining nikoh davomida bepul olgan mol-mulki, shuningdek nikoh davomida umumiy mablagʻlari hisobiga olingan er va xotinning shaxsiy foydalanishdagi buyumlari har birining oʻz mulki hisoblanadi va boʻlinmaydi. Nikoh davomida umumiy mablagʻlari hisobiga olingan qimmatbaho buyumlar va zeb-ziynatlar bundan mustasno (OK 25 , 26-moddalari ).