Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 18-band. Nazarda tutmoq lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari yoki…

Nazarda tutmoq lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olishda ham Oila Kodeksi 151—167-moddalarining talablariga rioya qilinishi lozim. Agar farzandlikka olish natijasida bolaning Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalari bilan belgilangan huquqlari buziladigan boʻlsa, farzandlikka oluvchining fuqarolikka mansubligidan qatʼi nazar, farzandlikka olish mumkin emas, amalga oshirilgan farzandlikka olish esa sud tartibida bekor qilinishi lozim.