Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 19-band. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining…

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olish haqidagi arizani koʻrib chiqishda sud nafaqat arizachi fuqarosi hisoblangan davlatning qonunchiligi, balki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi talablaridan ham kelib chiqishi lozim. Shu sababli, sud arizachining bolani farzandlikka olishiga toʻsqinlik qiladigan holatlar mavjud yoki mavjud emasligini sinchkovlik bilan tekshirishi lozim.