Ota-onaning majburiyatlaridan farqli ravishda farzandlikka oluvchilarning bolaga nisbatan huquq va majburiyatlari farzandlikka oluvchilarda ota-onalik huquqi va majburiyatlari nasl-nasabi tufayli emas, balki farzandlikka olganliklari munosabati bilan vujudga kelishini inobatga olgan holda sudlar Oila kodeksining 169-moddasida nazarda tutilgan asoslar ularni ota-onalik huquqidan mahrum qilish uchun emas, balki farzandlikka olishni bekor qilishga asos boʻlishini inobatga olishlari lozim. Mazkur toifadagi ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida koʻrib chiqiladi va ishni hal qilishda oʻn yoshga toʻlgan bolaning fikri ham hisobga olinadi.