Sud tomonidan farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish Oila kodeksining Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi qonuni bilan kuchini yoʻqotgan 168-moddasida koʻrsatilgan hollarda va faqat shu vaqtga qadar farzandlikka olinganlarga nisbatan: farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qalbaki hujjatlarga asoslangan boʻlsa; farzandlikka olish soxta boʻlsa; voyaga yetgan shaxs farzandlikka olingan boʻlsa; farzandlikka oluvchi shaxs Oila kodeksining 152-moddasiga muvofiq farzandlikka olish huquqiga ega boʻlmagan boʻlsa va boshqa hollarda amalga oshirilishi mumkin. Farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish va farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan farzandlikka olinganning ota-onasi, prokuror, vasiylik va homiylik organlari, bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar, shuningdek oʻn olti yoshga toʻlgan farzandlikka olingan bola murojaat qilishlari mumkin.