Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 4-band. Sudlarga tushintirilsinki, FPK 84-moddasiga muvofiq, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan…

Sudlarga tushintirilsinki, FPK 84-moddasiga muvofiq, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan raqamli, grafik yozuv shaklida bajarilgan, shu jumladan faks, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning haqiqiyligini aniqlash imkonini beradigan oʻzga usulda olingan hujjatlar va materiallar yozma dalillar hisoblanadi. Bir qator hujjatlar (FHDY organlari tomonidan beriladigan guvohnomalar, notarial hujjatlar, veksellar) huquqiy shakli tartibga solingan va ular uchun muayyan himoya darajasiga ega boʻlgan maxsus blankalar, maxsus rekvizitlar (muhr, shtamp) va shakliga nisbatan boshqa talablar nazarda tutilgan boʻlib, ular mazkur talablarga muvofiq boʻlmaganda, shuningdek ular imzolanmagan yoki vakolat berilmagan shaxs tomonidan imzolangan hollarda, ular sud tomonidan yozma dalillar sifatida qabul qilinishi mumkin emas.