Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 9-band. Fuqarolik ishi boʻyicha isbotlash predmeti ishni toʻgʻri hal qilish uchun sud tomonidan…

Fuqarolik ishi boʻyicha isbotlash predmeti ishni toʻgʻri hal qilish uchun sud tomonidan aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar doirasidan iborat. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, qonunda ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar doirasini aniqlash, ularni muhokamaga qoʻyish, hatto taraflar bu holatlarni keltirmagan boʻlsa ham, sudga yuklatilgan (FPK 72-moddasining ikkinchi qismi ).