Sudlar tomonidan fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ishlarni koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida 11-band. Sudlar fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda…

Sudlar fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasini dalil sifatida baholaydi. Ekspertiza xulosasi ish uchun ishonchli va yetarli dalil sifatida qabul qilinishi uchun unda fuqaroning ruhiy holati buzilganligi oqibatida oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmasligi yoki ularni boshqara olmasligi aniq, ravshan va qatʼiy xulosa shaklida bayon etilgan boʻlishi lozim. Ekspert xulosasida mavhum, ehtimol tutilgan, yaʼni shartli ifodalarga, jumladan, “boʻlishi mumkin”, “istisno etilmaydi”, “taxmin qilinadi” kabi iboralarga asoslangan, qatʼiy xulosa mazmunini ifodalamaydigan toʻxtamlar mavjud boʻlganda, xulosa sud tomonidan dalilning maqbulligi hamda yetarliligi nuqtai nazaridan tanqidiy baholanib, tegishli tartibda qayta, komissiyaviy yoki kompleks ekspertiza tayinlash masalasi hal qilinishi mumkin.