FKning 22-moddasiga muvofiq, fuqaro oʻn sakkiz yoshga toʻlgandan keyingina toʻliq hajmda muomala layoqatiga ega boʻladi, biroq ushbu yoshga yetgunga qadar ham qonun hujjatlarida belgilangan doirada qisman muomala layoqatiga ega hisoblanadi. Xususan, oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar FK 27-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqlarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli boʻlib, ushbu muomala layoqati doirasida tuzgan bitimlari boʻyicha, shuningdek, oʻzlari yetkazgan zarar uchun mustaqil javobgar hisoblanadi (FKning 994-moddasi ). Shundan kelib chiqib, oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan fuqarolarga nisbatan FPKning 310-moddasida nazarda tutilgan asoslar va tartibda sudga ariza berilishi mumkin.