Fuqaroning muomala layoqatini cheklash yoki uni muomalaga layoqatsiz deb topish sud tomonidan qoʻllaniladigan huquqiy himoya choralari hisoblanadi. Muomala layoqati cheklangan fuqaro mayda maishiy bitimlarni mustaqil ravishda tuzishi mumkin. Mayda maishiy bitimlardan tashqari boshqa bitimlarni tuzish, shuningdek, ish haqi, pensiya va boshqa daromadlarni olish hamda ularni tasarruf etish homiyning roziligi asosida amalga oshiriladi. Bunday shaxs oʻzi tuzgan bitimlar boʻyicha va yetkazgan zarari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda mulkiy javobgar hisoblanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs oʻz harakatlarining huquqiy ahamiyati va oqibatlarini anglay olmasligi yoki ularni boshqara olmasligi sababli, fuqarolik huquq va majburiyatlarini mustaqil ravishda amalga oshira olmaydi. Bunday shaxs tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik masalasi FKning 996-moddasi qoidalariga muvofiq hal etiladi. Sudlarning eʼtibori qonunda fuqaroni muomala layoqatini cheklash yoki uni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisida talab qoʻyish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasi qatʼiy belgilanganligiga qaratilsin. Bunday ariza: fuqaroning oila aʼzolari; vasiylik va homiylik organi; prokuror; davolash muassasalari; qonunchilikda bunday vakolatlar yuklatilgan davlat organlari; fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari; qonunchilikka muvofiq bunday huquq berilgan jamoat birlashmalari tomonidan berilishi mumkin. Oila kodeksining 5-moddasiga muvofiq, er-xotin, ota-ona va bolalar (shu jumladan, farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar) fuqaroning oila aʼzolari hisoblanadi. Shu bilan birga, boshqa qarindoshlar, xususan, bobo, buvi, aka-uka, opa-singil, togʻa, amaki, xola, amma va boshqalar fuqaroning oila aʼzolari doirasiga kirmasligi tushuntirilsin. “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq, fuqaroni muomala layoqatini cheklash yoki muomalaga layoqatsiz deb topish boʻyicha vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyat tuma