Sudlar tomonidan fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ishlarni koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida 6-band. Sudlarga tushuntirilsinki, sudya ishni sud majlisida koʻrishga tayyorlash bosqichida…

Sudlarga tushuntirilsinki, sudya ishni sud majlisida koʻrishga tayyorlash bosqichida qonunga muvofiq ishni koʻrilishida ishtirok etishi shart boʻlgan prokuror hamda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokini taʼminlash (FPKning 313-moddasi ), shuningdek, ariza vakolatli shaxslar tomonidan berilgan hollarda zaruratga qarab fuqaroning oila aʼzolarini manfaatdor shaxs sifatida jalb qilish masalasini hal etishi va bu haqda sud ajrimida koʻrsatishi lozim. Fuqaroning ruhiy holati sud-psixiatriya ekspertizasi orqali aniqlanishi sababli, uni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, agar ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasallik yoxud aqli zaiflik) haqida yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlsa, ishni sud majlisida koʻrishga tayyorlash bosqichida sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanadi (FPKning 312-moddasi ). Bunday maʼlumotlar jumlasiga fuqaroning kasallik tarixi koʻchirmasi, ruhiy-asab kasalliklari muassasalarida hisobda turishi yoki davolanganligi haqidagi maʼlumotnoma, nogironlik guvohnomasi hamda shu kabi hujjatlar kiradi. Sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda fuqaroning ruhiy holatini (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi), shuningdek, u oʻz harakatlarining ahamiyatini anglash yoki ularni boshqarish qobiliyatiga ega yoxud ega emasligini aniqlashga qaratilgan savollar qoʻyiladi. Sudlar sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlashda shaxsning huquq va erkinliklarini eng kam cheklaydigan ekspertiza shaklini tanlash zarurligini inobatga olishi lozim. Shaxsning ruhiy holatiga oid yetarli tibbiy maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, qoida tariqasida, ambulator sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlash maqsadga muvofiq. Agar ish hujjatlari, tibbiy maʼlumotlar yoki shaxsning holati ambulator tekshiruv orqali toʻliq va asoslantirilgan xulosa berish imkoni yoʻqligini koʻrsatsa, sud ajrimda tegishli asoslarni bayon qilgan holda statsionar sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlashi mumkin. Oʻziga nisbatan sud-psixiatriya ekspertizasi oʻtka